20:19 / 10.11.2024
49

Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”

Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Foto: Telegram / sirskiy
Rossiya armiyasi Donetsk viloyatidagi Pokrovskiy va Kuraxovsk yo‘nalishlarida hujum qilmoqda, frontdagi vaziyat murakkab. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.

AQSH Qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondoni general Kristofer Kavoli bilan navbatdagi telefon orqali muloqot qildim. Vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda va keskinlashish tendensiyasiga ega. Dushman son jihatdan ustunligidan foydalanib, hujum harakatlarini davom ettirmoqda va asosiy sa’y-harakatlarini Pokrovskiy va Kuraxovsk yo‘nalishlariga qaratmoqda”, deb yozdi Sirskiy o‘zining Telegram kanalida.

Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya askarlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha Ukraina armiyasida ko‘plab ma’lumotlar mavjud.

Muloqot davomida Amerika tomoni mudofaa kuchlarini qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga qat’iy rioya qilishini tasdiqladi”, deya aniqlik kiritdi UQK rahbari.

The Washington Post gazetasining qayd etishicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning sharqiy hududlarida misli ko‘rilmagan tezlikda ilgarilamoqda: qisqa muddat ichida 820 kvadrat kilometrga yaqin hudud Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostiga o‘tdi. Qo‘shinlar kichik guruhlar taktikasini qo‘llamoqda, bu esa ularning aniqlanish ehtimolini kamaytirib, qarshi choralar ko‘rishni qiyinlashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”