Foto: Getty Images
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Kursk oblastiga 50 ming kishilik qo‘shinni jalb etgan bo‘lib, ularning tarkibida rossiyalik askarlardan tashqari, KXDR harbiylari ham bor. Bu haqda AQSH va Ukrainadagi rasmiylarga tayanib, The New York Times xabar berdi.
Yaqin kunlarda ular Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qisman egallangan Kursk oblastida keng ko‘lamli qarshi hujumni boshlashi kutilmoqda. Ayni vaqtda KXDR qo‘shinlari Kurskning g‘arbiy qismida rossiyaliklar bilan jangovar muvofiqlashuvdan o‘tmoqda. Manbalarning baholashicha, mintaqada 10 mingdan ortiq shimoliy koreyalik harbiy xizmatchilar bor.
Foto: David Guttenfelder / The New York Times
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga to‘g‘ridan hujum qilishga tayyorlanmoqda. Ukrainalik amaldorga ko‘ra, shimoliy koreyalik askarlar ikki guruhga bo‘linyapti: ularning bir qismi hujum bo‘linmalaridan o‘rin olsa, qolganlari qaytarib olingan hududlar xavfsizligini ta’minlovchi qo‘llab-quvvatlov bo‘linmalari tarkibida bo‘ladi.
Shu bilan birga, NYT'ning ta’kidlashicha, Rossiya Ukraina sharqidagi qo‘shinlarini jalb etmagan holda kuchlarini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan — bu «Moskvaga bir vaqtning o‘zida bir nechta frontda bosim o‘tkazish imkonini beradi».
The Washington Post'ning ma’lum qilishicha, KXDR harbiylari nafaqat Kurskka, balki qo‘shni Belgorod oblastiga ham yuborilgan.
Ukraina hukumati va uning ittifoqchilari oktyabr oyi oxirlaridan beri Kursk oblastiga KXDR harbiylari kelgani haqida gapirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisini yuborgan, ular orasida 500 nafar ofitser va uch nafar general ham bor. Rossiya Federatsiyasi ham, KXDR ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi