07:00 / 12.11.2024
29

Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi

Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
Foto: AFP
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirilishi oqibatida 2,5 ming kishi evakuatsiya qilindi va portlar yopildi. Bu mamlakatda bir oy ichida kuzatilgan to‘rtinchi to‘fon hisoblanadi, bundan oldingi tabiiy ofatlar oqibatida 159 kishi halok bo‘lgandi, deb xabar beradi AFP.

Qayd etilishicha, to‘fon Filippin poytaxti Maniladan 220 kilometr janubi-sharqdagi Dilasag shahri yaqiniga yopirilgan. Milliy meteorologiya agentligi hozircha qurbonlar yoki jarohat olganlar to‘g‘risida xabar bermadi.

Dinalungan shahri fuqarolik mudofaasi boshlig‘i Mervini Pableoning so‘zlariga ko‘ra, sohilda kuchli shamol va suv toshqinlari boshlangan. Daraxtlar qulashi oqibatida kechadan beri elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, shamolning maksimal tezligi soatiga 130 kilometrga yetmoqda. Tabiiy ofat shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanib, Janubiy Xitoy dengizi hududiga kirishi prognoz qilingan. To‘fon oqibatida ayrim hududlarda maktablar va hukumat muassasalari yopilgan.

Oktyabr oxirlarida Filippinga yopirilgan «Trami» tropik to‘foni natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 110 kishiga yetgandi.

Ma’lumot uchun, Filippinda 7 mingga yaqin orollar mavjud bo‘lib, u yerga har yili 20 ga yaqin to‘fon yopiriladi. «Trampi» 2024 yil boshidan beri kuzatilgan 11-to‘fon hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi