Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask va tadbirkor Vivek Ramasvami saylangan prezident Donald Tramp davrida davlat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qiladi. Bu haqda Trampning bayonotiga tayanib, CNN xabar berdi.
Siyosatchi “buyuk Ilon Mask amerikalik vatanparvar Vivek Ramasvami” bilan birgalikda Davlat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqarishini aytdi.
Birgalikda bu ikki ajoyib amerikalik mening ma’muriyatim uchun davlat byurokratiyasini demontaj qilish, ortiqcha qoidalarni, keraksiz xarajatlarni kamaytirish va federal agentliklarni qayta tashkil etish yo‘lini ochib beradi, dedi Tramp.
Yangi bo‘limning nomi Dogecoin (DOGE) — Mask tarafdor bo‘lgan kriptovalyutaga ishora qiladi. U Yaponiyada Doge mem ramziga aylangan Kabosu laqabli it ramziga aylangan. 2010 yillar boshida uning surati internetda tarqalib, mashhur memga aylangandi. 2013 yilda dasturchi Jekson Palmer undan Dogecoin logotipi sifatida foydalangan.
Mask va Trampning aloqalari. Nimalar ma’lum?
Biznesmen Ilon Mask AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning tarafdori hamda donori bo‘lgan. 5 oktyabr kuni u Trampning Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida nutq so‘zlagan. Milliarder “Amerikada konstitutsiya va demokratiyani saqlab qolish uchun” Tramp g‘alaba qozonishi kerakligini aytgan.
Sentyabr oyi boshida AQSH sobiq prezidenti saylovda g‘alaba qozongan taqdirda, Ilon Mask boshchiligida hukumat samaradorligini oshirish bo‘yicha komissiya tuzishini bildirgan. Mask keyinchalik bu masalani Tramp bilan muhokama qilgani va hamkorlikdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan.
Shuningdek, milliarder prezidentlik saylovlarida respublikachi mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, uni hibsga olishlari mumkinligini aytgan. Financial Times Mask Trampning prezidentlik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 75 million dollar ajratgani haqida xabar bergan. Mablag‘larning aksariyati reklamalarga sarflangan.
AQSHdagi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishadi. U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va’da bergandi, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi