Foto: Prezident matbuot xizmati
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida 13 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini BMTning Iqlim bo‘yicha sammiti (COP29) muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabrikladi.
2024 yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston—Ozarbayjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va shaharsozlik hamda boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyihalar portfelini, shu jumladan qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvni davom ettirish, shuningdek, 2025 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida keng qamrovli tadbirlar dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampga qarshi ayblovlar qo‘ygan maxsus prokuror iste’foga chiqmoqchi