Meksikaning Koauila shtatida 600dan ko‘proq kishining qoldiqlari bor maxfiy mozor topildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.
Qabriston San-Pedro munisipiya hududida o‘zining yo‘qolib qolgan yaqinlarini qidirish bilan shug‘ullangan bir guruh faollar tomonidan topilgan. Guruh etakchisi Silviya Ortis topilgan qoldiqlar ularni identifikasiya qilish uchun hukumatga topshirilganini aytdi. Hozircha ushbu holat bo‘yicha tergov boshlangani haqida ma’lumot berilmagan.
Koauila shtati mahalliy jinoiy guruhlarning narkotrafikni nazorat qilish uchun muntazam olib borgan qarama-qarshiliklari sababli uzoq vaqt xavfli shtatlardan biri bo‘lib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shtat hududida 1,8 ming kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Oxirgi 5 yil ichida shtatda yashirin umumiy qabrlarda 455 kishining qoldiqlari topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?