Foto: Xinhua
Lunnan shahrida Xitoyda 2022 yili «Shenchjou-14» bortida kosmik mutatsiya tajribalaridan o‘tgan zaytun danaklari unib chiqdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
Qayd etilishicha, ilmiy xodimlar og‘irligi 315 grammga teng danaklarni 2026 yilda ochiq tuproqqa ekishni rejalashtirmoqda, bu orqali ularning tabiiy muhitga moslashishi bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
Kosmik mutatsiya bo‘yicha tajribalar o‘simliklar danagi yoki to‘qimalariga yerdan tashqarida bo‘lgan atrof-muhit omillari, xususan, mikrogravitatsiya, yuqori darajadagi radiatsiya va ekstremal harorat o‘zgaruvchanligi orqali ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Bundan maqsad — genetik mutatsiyalarni qo‘zg‘atish.
Bunday tajribalar orqali tadqiqotchilar yuqori hosildor, ertapishar va turli kasalliklarga bardoshli bo‘lgan yuqori sifatli zaytun plazmasini olish niyatida.
Lunnan — zaytun yetishtirish bo‘yicha Xitoyning «oltin kamari» hisoblanadi. 2023 yili ushbu hududda 4 milliard yuanlik (556 million dollar) 54 ming tonna zaytun hosili yig‘ishtirib olingan.
Bundan oldin Xitoyda «Chane-5» zondi bortida kosmik «sayohat»dan qaytgan sholi ekib ko‘rilgan edi. 2020 yil noyabrda kosmosga uchirilgan sholi 23 kun davomida 760 ming kilometrdan ortiq masofa uchib, kosmik radiatsiyaga uchragandi. 2021 yil martda esa ushbu sholi donlari Janubiy Xitoy Qishloq xo‘jaligi universiteti issiqxonasida unib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?