Foto: iStock
Italiyaning Sardiniya orolida joylashgan qishloq Donald Tramp AQSH prezidenti bo‘lishidan norozi amerikaliklarni ko‘chib kelishga chaqirdi. Mamlakatning boshqa ko‘plab kommunalari singari Ollolay ham uzoq vaqtdan beri demografik inqiroz bilan kurashmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
"Siz global siyosatdan charchadingizmi? Yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritib, yanada muvozanatli turmush tarziga o‘tmoqchimisiz? Sardiniyaning go‘zal jannatida o‘zingizning Yevropa tarzidagi dam olish makoningizni yaratish vaqti keldi", deyiladi meriya e’lonida.
Ollolay meri Franchesko Kolumbuga ko‘ra, e’lon joylangan veb-sayt AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan keyin amerikalik saylovchilarni jalb qilish uchun maxsus yaratilgan. Amaldor AQSH fuqarolari uning kommunasini qayta tiklashga yordam beradigan “yaxshi odamlar” ekaniga ishonch bildirdi.
"Biz haqiqatan ham amerikaliklarni bu yerga kelishlarini xohlaymiz va ularga e’tibor qaratamiz. Albatta, boshqa mamlakatlardan keladigan odamlar ariza topshirishini taqiqlay olmaymiz, ammo amerikaliklar tezkor protseduraga ega. Ular qishloqni jonlantirishga yordam berishlari uchun pul tikamiz, ular bizning yutuq kartamizdir", deydi Kolumbu.
Biroq ko‘chib keluvchilar uchun taklif etilayotgan 1 dollarlik uylar tashlandiq va ta’mirtalab. Foydalanishga tayyor uylar esa yuz ming yevrogacha turadi. Lekin meriya xaridorlarni jarayonning har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Buning uchun mavjud turar joylarga shaxsiy ekskursiyalar tashkil qilish, quruvchilarni topish va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga qadar yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan maxsus guruh tuzilgan.
O‘tgan asrda Ollolay aholisi 2250 dan 1300 nafarga qisqardi. Hududda har yili sanoqli chaqaloq tug‘iladi. Ko‘plab oilalar ish va yaxshi hayot izlab qishloqni tark etgan. Agar demografik inqiroz bartaraf etilmasa, qishloq tashlandiq ahvolga tushishi mumkin.
Rasmiylar AQSH fuqarolariga imtiyoz berish orqali mazkur muammoni yechmoqchi. Kolumbuning aytishicha, shahar meriyasi veb-saytiga 38 000 ta so‘rov kelib tushgan. Ularning asosiy qismi amerikaliklarga to‘g‘ri keladi.
AQSHdagi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishadi. U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va’da bergandi, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”