date
views 13 932

Maktab o‘quvchisi sinfdoshini o‘ldirib qo‘ydi

Maktab o‘quvchisi sinfdoshini o‘ldirib qo‘ydi

Krasnoyarskdagi maktablardan birida sodir bo‘lgan qotillik 13 yoshli bola tomonidan amalga oshirildi. Ikki o‘quvchi o‘rtasida kelib chiqqan nizo, o‘zaro haqorat ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir-birining shaxsiyatiga tegayotgan ikki o‘quvchi o‘zaro muammolarini maktab hovlisida hal qilish istagida tashqariga chiqishgan. Haqoratlangan o‘smir sinfdoshining oldiga kelishi bilan u qo‘ynidan pichoqni olgan va do‘stining qovurg‘a qismiga pichoq sanchgan.

13 yoshli o‘smir voqea joyida ko‘p qon yo‘qotish oqibatida vafot etdi. Hozirda ushbu qotillik yuzasidan tergov, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maktab o‘quvchisi sinfdoshini o‘ldirib qo‘ydi