Foto: AP Photo
Irlandiyada sud hay’ati sobiq MMA jangchisi Konor Makgregorni 2018 yilda ayol kishini jinsiy zo‘rlaganlik ishida aybdor deb topdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Makgregor jabrlanuvchiga 250 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mazkur ish jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida ko‘rib chiqilgan — bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.
Dastlabki tergov bilan shug‘ullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, chunki unga nisbatan jinoyat ishi ochish uchun yetarlicha dalillar topilmagan. Anglo-sakson huquq tizimiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi Irlandiyada fuqarolik protsessida ham qaror chiqarish uchun talab etiladigan dalillar standarti pastroq.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 2018 yil dekabrda sodir bo‘lgan. Ayolning versiyasiga ko‘ra, Makgregor Dublindagi Beacon mehmonxonasida uni zo‘rlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda ko‘karish va shilinish izlarini aniqlagan.
Makgregor o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlagan. Sobiq MMA jangchisining aytishicha, ayol bilan o‘rtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi