Videodan skrinshot
Vladimir Putin 21 noyabr, payshanba kungi videomurojaatida Ukrainaning Dnepr shahriga o‘rta masofali yangi raketa «Oreshnik»da zarba berilgani haqida bayonot berdi. Murojaat 7 daqiqayu 45 soniya davom etdi. BILD nashrining ochiq ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Yulian Ryopke kuzatishicha, shuncha vaqt davomida Putin biron marta qo‘lini yoki barmoqlarini qimirlatmadi — ular xuddi stolga qotirib qo‘yilgandek edi.
Ta’kidlanishicha, ilgari Putin gapirayotganida tez-tez qo‘li bilan ishoralar qilardi. Nemis mutaxassisi payshanba kungi murojaat videosi montaj qilingan, harakatsiz qo‘llar tanaga «chizib qo‘yilgan» degan taxminni ilgari surmoqda. Putinning kasalligi yoki hayajonini yashirish uchun shunday qilingan bo‘lishi mumkin. Keyinroq, mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Putin qo‘llari bilan qog‘ozlarni varaqlagani va kamroq ishoralar qilganini ko‘rish mumkin.
«Bu kadrlar Putin butun dunyoga tahdid qilayotgani, ammo o‘z qo‘llarini biron marta qimirlata olmasligini ko‘rsatmoqda», — deya xulosa qildi Ryopke. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi