Gretsiyada F-16 qiruvchi samolyoti yonib ketdi (video)

Gretsiyada F-16 qiruvchi samolyoti yonib ketdi (video)

Gretsiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-16C Fighting Falcon qiruvchi samolyoti parvoz vaqtida texnik nosozlik va yong‘in yuzaga kelgani sababli Zakinf xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Kouti Pandoras nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nish jarayonida uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab sirpanib ketgan va shundan so‘ng alangaga o‘ralgan. Yaxshiyamki, uchuvchi vaziyatni nazorat ostida ushlab, samolyotni o‘z vaqtida tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa oqibatida u jarohat olmagan.

Qayd etilishicha, harbiy samolyot hodisa sodir bo‘lgan vaqtda dengiz uzra rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarayotgan bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruv xizmatlari yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etdi. Ayni paytda Gretsiya harbiy rasmiylari hodisaning kelib chiqish sabablari yuzasidan rasmiy surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar