AQSHda o‘zbekistonlik haydovchi o‘lim bilan yakunlangan YTH bo‘yicha ayblanmoqda

AQSHda 42 yoshli o'zbekistonlik Behzod Asrarov o'lim bilan yakunlangan yo'l-transport hodisasi bo'yicha ayblanmoqda. Hodisada Massachusetts universiteti futbol jamoasining 21 yoshli darvozaboni vafot etgan. Asrarovning yuk mashinasi sportchi bo'lgan engil avtomobil bilan to'qnashib, keyin boshqa to'qnashuvlarga sabab bo'lgan. U hozirda ehtiyotsizlikdan odam o'limiga sabab bo'lish va dalilni yashirish bo'yicha ayblanmoqda.
AQSHda 42 yoshli o‘zbekistonlik Behzod Asrarov o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasidan keyin jinoiy ish figurantiga aylandi. Halokatda Massachusets universiteti futbol jamoasining 21 yoshli darvozaboni vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Asrarov boshqaruvidagi yuk mashinasi sportchi bo‘lgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Shundan keyin yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yana bir nechta to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlarida haydovchi AQSHga 2024 yilda grin-karta orqali kelgani aytilmoqda. U ingliz tilini bilmagani sabab politsiya xodimlari u bilan onlayn tarjimon orqali muloqot qilgan.
Asrarovga nisbatan dalillarni yashirishga urinish bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, u avariyadan keyin videoregistratorni yechib olgan, uchta telefon va ish vaqtini hisobga oluvchi qurilmani shikastlagan. Bu orqali yuk mashinasining harakatiga oid ma’lumotlarni yashirishga uringani taxmin qilinmoqda.
Hozirda unga ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘limiga sabab bo‘lish va dalillarni soxtalashtirish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.
Ushbu voqea AQSHda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mamlakat transport vaziri ingliz tilini bilmaydigan yuk mashinasi haydovchilariga ishlashni taqiqlash masalasini ko‘targan.































Izohlar 0
…