Boshi bilan zinadan chiqib, rekord o‘rnatdi (video)

Dunyoda o‘rnatilayotgan g‘ayrioddiy rekordlar orasida bu natija alohida e’tiborga loyiq. Xitoylik akrobat Li Sinbo qo‘l va oyoqlaridan foydalanmasdan, faqat boshi yordamida zinadan ko‘tarilib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.
Bu haqda Dzen nashri xabar berdi.
Rekordni qayd etish jarayonida qat’iy qoidalarga amal qilingan. Ishtirokchiga qo‘llari yoki oyoqlari bilan zinaga tegish, biror buyumga suyanish hamda zina pog‘onalarida 5 soniyadan ortiq to‘xtab qolish taqiqlangan edi.
Shunga qaramay, Li Sinbo barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajardi va 40 ta zina pog‘onasini faqat boshi yordamida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa u avvalgi rekordni yangiladi.
Qizig‘i shundaki, bungacha qayd etilgan rekord 36 ta zina pog‘onasi bo‘lib, uni ham xitoylik sportchi o‘rnatgan edi. Li Sinboning natijasi esa ushbu noodatiy yo‘nalishdagi yangi jahon rekordi sifatida Ginnes tarixidan joy oldi.






























Izohlar 0
…