Marokashning mag‘lubiyati London va Parijda tartibsizliklarga sabab bo‘ldi

Jahon chempionati chorak finalida Fransiya terma jamoasi Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng Yevropaning bir qator yirik shaharlarida tartibsizliklar yuz berdi.
Xususan, London va Parij ko‘chalarida Marokash muxlislarining ayrim guruhlari yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, pirotexnika vositalarini yoqdi hamda huquq-tartibot xodimlariga shisha idishlar va turli buyumlar uloqtirdi. Vaziyatni nazoratga olish uchun politsiya qo‘shimcha kuchlarni safarbar etdi.
To‘qnashuvlar oqibatida bir nafar politsiyachi bosh qismidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, tartibsizliklarda ishtirok etgan kamida to‘rt kishi qo‘lga olingani ma’lum qilindi.
Shunga o‘xshash holatlar Amsterdam, Gaaga, Bryussel va Rotterdam shaharlarida ham qayd etildi. Parijda esa xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 20 ming nafar politsiyachi xizmatga jalb qilindi.
Ayni paytda Fransiya terma jamoasi muxlislari mamlakat g‘alabasini Parijdagi mashhur Shanzelize xiyobonida bayram qilgani aytilmoqda.






























Izohlar 0
…