Foto: Getty Images
2018 yil dekabr oyida sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlikka oid fuqarolik ishi bo‘yicha Dublin Oliy sudi UFC'ning yarim yengil (66 kg gacha) va yengil (70 kg gacha) vazn toifalarida sobiq chempionlik kamariga ega bo‘lgan irlandiyalik Konor Makgregorni aybdor deb topdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma’naviy zarar uchun sportchi jabrlanuvchiga taxminan 250 ming yevro tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2018 yil dekabr oyida o‘zining do‘sti Jeyms Lourens bilan birga Dublin shahrida tanishi Nikita Ni Laymxinga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblangan edi. Sud jarayonida u o‘sha kuni giyohvand moddalar iste’mol qilganini ham tan oldi.
Konor Makgregor 1988 yil 14 iyulda Irlandiyaning Dublin shahrida tug‘ilgan. U aralash yakkakurash tarixidagi eng mashhur jangchilardan biri sanaladi. Makgregor UFC'da bir vaqtning o‘zida ikki vazn toifasida – yarim yengil (66 kg) va yengil (70 kg) chempionlik kamariga ega bo‘lgan ilk jangchi hisoblanadi.
Uning sportdagi muvaffaqiyatlari uni jahonning eng boy sportchilaridan biriga aylantirdi. Shu bilan birga, Makgregor shaxsiy hayotidagi mojarolar va huquqiy muammolari bilan ham tez-tez yangiliklar markazida bo‘lib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi