Kollaj: “Daryo”
Isroil armiyasi va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da (Toshkent vaqti bilan 7:00) kuchga kirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi jang yarim tungacha davom etdi. Isroil Bayrutning janubiy chekkalari aholisini evakuatsiya qilishga chaqirdi, shundan so‘ng kamida yettita kuchli zarba berdi. Yahudiy davlati hujum “Hizbulloh”ning Livandagi faoliyatiga homiylik qiluvchi moliya-kredit assotsiatsiyasi ofislari joylashgan binolarga qarata amalga oshirilganini bildirdi. “Hizbulloh” harakati ham Tel-Avivdagi harbiy obyektlarga dronlar uchirdi.
Sulh mazmuni
Sulh Livandagi BMT muvaqqat kuchlari ko‘magida Livan armiyasining janubiy chegara bo‘ylab uchastkalarni bosqichma-bosqich nazorat qilishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, Isroil ikki oy ichida Livandan o‘z harbiylarini olib chiqishi shart. “Hizbulloh” BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq Livanning janubidagi ishtirokini to‘xtatib, Litani daryosining shimolidan chekinishi kerak bo‘ladi.
26 noyabr kuni Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi bosh vazir Binyamin Netanyaxu tomonidan tuzilgan “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejasini tasdiqladi. AQSH prezidenti Jo Bayden kelishuv Vashington tashabbusi bilan erishilganini aytdi.
AQSH va Fransiya kelishuv to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash uchun Isroil va Livan bilan hamkorlik qilishga va’da berdi, dedi Bayden va boshqa noma’lum ittifoqchilar ham yordam berishini qo‘shimcha qildi.
BMT rahbari Antoniu Guterrishning aytishicha, BMTning Livandagi tinchlikparvar kuchlari — UNIFIL ham kelishuvni amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
Isroil 2024 yilning sentyabr oyi oxirida Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmasini yo‘q qilish bo‘yicha harbiy operatsiyani boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?