Foto: Reuters
Livan Isroilni “Hizbulloh” bilan sulh bitimini buzganlikda aybladi.
“2024 yilning 27 va 28 noyabr kunlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdan so‘ng Isroil havo hududini bir necha bor buzdi va turli xil qurollardan foydalangan holda Livan hududiga hujumlar uyushtirdi”, deyiladi Livan tomoni bayonotida.
Isroil armiyasi 28 noyabr oqshomida so‘nggi 24 soat ichida Livan “Hizbulloh”i tomonidan “tahdid tug‘diruvchi va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlarini buzuvchi” “shubhali faoliyat”ni aniqlaganini ma’lum qilgan edi.
Shundan so‘ng Isroil havo kuchlari “Hizbulloh” go‘yoki Isroil hududiga hujumlar uyushtirgan va faollik qayd etilgan hududga zarba bergan. Kunning ikkinchi yarmida Isroil tomoni “Hizbulloh”ning o‘rta masofali raketalari saqlanadigan obyektga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, Isroil armiyasi “terrorchilik faoliyatini” ham fosh qilgan.
Keyinroq Isroil bosh shtab rahbari Gerzi Halevi Isroil armiyasi har qanday sulh buzilishiga o‘q bilan javob berishi haqida ogohlantirgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu News 14 telekanaliga bergan intervyusida, agar sulh bitimi buzilgan taqdirda, Isroil keng ko‘lamli urushga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
Netanyaxu va AQSH prezidenti Jo Bayden 26 noyabr oqshomida Livanda “Hizbulloh” bilan sulh tuzilganini e’lon qilgandi. Netanyaxu kelishuv muddati “Hizbulloh”ga bog‘liq bo‘lishini aytgan. Shuningdek, u Isroil armiyasi endi “Eron tahdidi”ga ham e’tibor qaratishini qayd etgan.
Baydenga ko‘ra, 60 kun ichida Livan guruhi armiya tuzilmalari joylashtirilgan chegara hududlarini tark etishi kerak va shu bilan birga Isroil qo‘shinlari ham ushbu muddat ichida Livandan chiqib ketadi.
26 noyabr kuni Isroil Harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni ma’qullagan edi.
Sulh mazmuni
Sulh Livandagi BMT muvaqqat kuchlari ko‘magida Livan armiyasining janubiy chegara bo‘ylab uchastkalarni bosqichma-bosqich nazorat qilishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, Isroil ikki oy ichida Livandan o‘z harbiylarini olib chiqishi shart. “Hizbulloh” BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq Livanning janubidagi ishtirokini to‘xtatib, Litani daryosining shimolidan chekinishi kerak bo‘ladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden kelishuv Vashington tashabbusi bilan erishilganini aytgan.
AQSH va Fransiya kelishuv to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash uchun Isroil va Livan bilan hamkorlik qilishga va’da berdi, dedi Bayden va boshqa noma’lum ittifoqchilar ham yordam berishini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi