06:29 / 12.12.2024
48

Rossiya Suriyadagi harbiy bazalardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya Suriyadagi harbiy bazalardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rossiyaning Hmeymimdagi aviabazasi. Foto: Planet Labs / AFP
Rossiyaning Suriyadan to‘liq chiqishi, Tartus porti va Hmeymim aviabazasini yo‘qotishi mumkinligini The Moscow Times'ga ikki rus diplomati ma’lum qildi. Asadni qo‘llab-quvvatlash kampaniyasi avjiga chiqqanda Rossiyaning Suriyadagi harbiy kontingenti o‘n minglab harbiylarni o‘z ichiga olgan. Ammo Asadga qarshi muxolifat kuchlari Tartus va Hmeymim joylashgan hududlarni to‘liq nazoratga olganidan keyin, bu kuchlar qamalga tushib qolgan.

Rossiya mazkur vaziyat borasida muxolifat, Anqara, Tel-Aviv, Vashington va London kabi mintaqadagi asosiy o‘yinchilar bilan diplomatik va harbiy aloqalar orqali muzokara olib borgan. Rossiya diplomatlariga ko‘ra, Kreml o‘z harbiy kuchlariga Tartus va Hmeymimda tahdid tug‘ilsa, aviatsiya va raketalar bilan javob qaytarishini ma’lum qilgan.

Biroq, bunday diplomatik choralarning muvaffaqiyati kafolatlanmagan. Karnegi markazining Rossiya—Yevrosiyo bo‘limi rahbari Aleksandr Gabuyev ushbu vaziyat Rossiyaning Afrika korpusini ta’minlash logistikasiga va mintaqadagi ambitsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. «Boshqa muqobil, masalan, Jazoirda topilishi mumkin, lekin baribir juda qiyin bo‘ladi», dedi u.

Asad rejimi Kreml uchun strategik «ko‘zir» edi. Ammo, Gabuyevning ta’kidlashicha, bu birinchi navbatda Eronning mag‘lubiyati bo‘ldi, chunki Tehron Suriyaga ko‘proq sarmoya kiritgan va ko‘proq yo‘qotishlarga uchragan.

Suriya bazalarini yo‘qotish Rossiyaning Yaqin Sharqdagi va G‘arbdagi ta’sirini zaiflashtiradi. BMTdagi Rossiya missiyasining sobiq xodimi Boris Bondarev Suriya Putin uchun Saudiya Arabistoni, Qatar, Isroil va G‘arb davlatlari bilan muloqot uchun platforma bo‘lganini ta’kidladi.

Ayrim rasmiylar vaziyatni bunchalik dramatik deb hisoblamaydi. Ularga ko‘ra, Asad va Suriya Kreml uchun «tutqichsiz jomadan»ga aylangan. Endi bu resurslar Ukraina urushiga yo‘naltiriladi.

Asadning qochishi Kreml uchun reputatsiya muammosiga ham aylandi. «Rossiya o‘z odamlarini tashlab qo‘ymaydi», degan pozitsiya barbod bo‘ldi, dedi Gabuyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Suriyadagi harbiy bazalardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda