Foto: Global Look Press
Eronda hijob to‘g‘risidagi qonun tufayli hukumat ichida ziddiyat yuzaga keldi, deb yozadi Germaniyaning Bild nashri.
Parlament tomonidan qabul qilingan yangi qonun ayollar uchun hijobni majburiy taqish talablarini kuchaytiradi va uni buzganlik uchun qattiq jazolar belgilaydi. Biroq Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ushbu qonun yangi ijtimoiy g‘alayonlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirlanib, unga veto qo‘ydi.
Eronning Hamshari nashri xabar berishicha, prezident masalani Erondagi asosiy qarorlarni qabul qiluvchi Oliy milliy xavfsizlik kengashiga havola etgan. Bu qadam qonunning qisman bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Yangi qonunchilik ayniqsa taniqli shaxslar uchun qattiq choralarni, jumladan, katta jarimalar, chet elga chiqishni taqiqlash va mol-mulkni musodara qilishni nazarda tutadi.
Yaqinda eronlik musiqachi Parasta Ahmadiyning hijobsiz chiqish qilgani va bu videoni YouTubeda e’lon qilgani jamoatchilik e’tiborini tortdi. U guruh a’zolari bilan birga “islom me’yorlarini buzganligi” uchun hibsga olingan, ammo tez orada ozod etilgan.
Jamoatchilik bosimi va hukumatdagi kelishmovchiliklar tufayli qonunning qabul qilinishi vaqtincha to‘xtatildi. Jazo tahdidlariga qaramay, Eronning yirik shaharlarida ko‘plab ayollar majburiy hijob kiyishga qarshi ochiqchasiga norozilik bildirmoqdalar.
“Iffat va hijob to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi
Eron hukumati avvalroq mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning saylovoldi va’dalariga zid ravishda “iffat va hijob to‘g‘risida”gi qonun loyihasini joriy qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Foto: Getty Images
Iran News Update nashrining xabar berishicha, davlat endilikda islomiy kiyinish qoidalarini buzganlarni yanada qattiqroq jazolaydi. Yangi qoidalar nafaqat sochlarni ko‘rsatishni taqiqlaydi, balki bo‘yin, bilaklar yoki to‘piqlarni berkitish majburiyatini ham yuklaydi.
Birinchi qoidabuzarlik uchun ayol 155 yevro miqdorida jarima to‘laydi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, jarima sezilarli darajada oshishi mumkin.
Jarimaga qarshi tanqid yoki norozilik qo‘shimcha jarima jazosini yuklaydi, unga ko‘ra qoidabuzar 155 yevrogacha pul to‘lashi shart. 9 yoshdan boshlab ro‘mol taqish majburiydir. Agar voyaga yetmagan qiz qonunni buzsa, ota-ona javobgarlikka tortiladi va qizga nisabatan “tarbiyaviy choralar” ko‘riladi.
Taksi haydovchilari qoidabuzarliklar haqida xabar berishi, turar joy majmualari rahbarlari esa hijobsiz ayollarning videolarini tegishli rasmiylarga uzatishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaganlar 339 yevrogacha jarima to‘laydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov Asad rejimini ag‘dargan HTSHni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi
Toshkentda 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni yasagan shaxslar ushlandi
Hakerlar troyan viruslarini O‘zbekistonda keng tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi
Beyonse va Teylor Svift dunyoning 100 nafar eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritildi