Foto: NASA
Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan chiqib, Janubiy okean tomon harakatlanishni boshladi, deb xabar beradi Daily Mail.
Olimlar A23a maydoni deyarli to‘rt ming kvadrat kilometrni tashkil etishini taxmin qilgan. Bu Nyu-Yorkning maydonidan uch baravar (taxminan 780 kvadrat kilometr), Moskva maydonidan esa 1,6 baravar (taxminan 2500 kvadrat kilometr) katta.
«A23a yana harakatni boshlaganini ko‘rish quvonchli. U Antarktidadan ajralgan boshqa yirik aysberglar yo‘nalishida ketish yoki ketmasligini kuzatish qiziq. Eng muhim jihati uning mahalliy ekotizimga qanday ta’sir ko‘rsatishida», — deydi okeanograf Endryu Meyers.
A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib chiqqan, biroq ko‘p o‘tmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». O‘ttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanishni boshlagan. Aprel boshlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barcha daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar ko‘proq suvni aylantiradigan ulkan kuch hisoblanadi.
Avgustda esa u Antarktida shimolidagi joyida bir necha oydan beri aylanayotgani, aslida esa ulkan muz bo‘lagi eng kuchli okean oqimi orqali harakatlanishi kerakligi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Bolgariya va Ruminiya 1 yanvardan Shengen zonasiga to‘liq qo‘shiladi
Yevropa Ittifoqi Suriyaga insonparvarlik yordami uchun havo ko‘prigi tashkil qiladi
Britaniyadagi tadbirkor vatandoshlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadi
Nohaq 13 yil o‘tirib chiqqan shaxsdan qamoqxona xarajatlarini qoplash talab qilinmoqda