“Oq kaskalar” guruhi Bag‘dod ko‘prigiga yaqin joyda, Adra atrofidagi ommaviy qabrdan inson qoldiqlarini qidirmoqda
Foto: Getty Images
Damashqning gavjum markazidan 10 km masofada, Adraning shimoli-g‘arbiy chekkasida joylashgan yer uchastkasi sement devorlar bilan o‘ralgan. Mazkur hududda “Oq kaskalar” gumanitar tashkiloti qutqaruvchilari ommaviy qabrlarni qidirish biln shug‘ullanmoqda.
So‘nggi bir necha kun ichida internetda Bashar Asad rejimi qiynoqqa solinganlarni mash’um Suriya qamoqxonalarida dafn etgan ommaviy dafnlar haqidagi videolar paydo bo‘ldi.
Adrada “Oq kaskalar” jasad qoldiqlari bilan to‘ldirilgan bir nechta katta oq plastik paketlar yotgan kichik chuqurni topdi. Jamoa topilgan qoldiqlar, bosh suyaklari va suyaklarni qazib oldi. DNK namunalari to‘plandi. Qoldiqlar hujjatlashtirish va keyingi tahlil uchun qora plastik qoplarga joylandi.
Qutqaruvchilardan biri Ismoil Abdulla ularning zimmalariga og‘ir mas’uliyat tushganini aytadi.
“Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Ular bilan nima sodir bo‘lganini bilish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi”, deydi u.
2011 yildan beri Suriyada 100 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgani taxmin qilinmoqda.
Foto: BBC
Foto: Getty Images
So‘nggi bir hafta ichida Asadni ag‘dargan “Hayot Tahrir ash-Sham” isyonchi guruhi butun Suriya bo‘ylab qamoqxonalarni ochib, mahbuslarni ozodlikka chiqardi. Huquq-tartibot idoralari 80 mingdan ortiq bedarak yo‘qolganlar vafot etgan, degan xulosaga keldi. Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, yana 60 ming kishi juda og‘ir qiynoqqa solingan.
Mahalliy aholi, shuningdek, AQSHda joylashgan Suriya favqulodda tezkor guruhi (SЕTF) nodavlat tashkiloti butun Suriya bo‘ylab ommaviy qabrlar soni ko‘payib borayotganini xabar qilmoqda. Tashkilotga ko‘ra, Damashqning shimoli-g‘arbida joylashgan Qutayfa shahrida ommaviy qabr mavjud bo‘lib, unda Asad hukumati tomonidan o‘ldirilgan kamida 100 ming kishining jasadlari bo‘lishi mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha “Human Rights Watch” tashkiloti bunday qabrlarni saqlash hamda sinchkovlik bilan o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.
Suriyadagi fuqarolar urushi yillarida jasadlar dafn etilishining guvohi bo‘lgan mahalliy aholidan birining aytishicha, jasadlar xavfsizlik kuchlari tomonidan olib kelingan konteyner-refrijeratorlarga joylangan.
“Qabrlarni jasadlar bilan to‘ldirishdi, so‘ngra buldozerlar bu joyni tekislashdi”, dedi u BBCga.
Ana shunday ommaviy qabrlardan biriga guvoh bo‘lgan Qutayfaning diniy rahbari Abdul Qodir al-Shayxga ko‘ra, maxfiy politsiya undan dafn marosimiga rahbarlik qilishni so‘ragan. U marhumlar uchun diniy marosimlar o‘tkazishga harakat qilib, ular uchun ibodat qilgan.
Qutayfaning diniy rahbari Abdul Qodir al-Shayx
Foto: BBC
“Maxfiy politsiya odamlarning ommaviy qabrlar yonidan o‘tishiga yoki hatto dafn marosimini o‘tkazayotganlarida derazadan qarashlariga ham ruxsat bermagan”, deydi jasadlarni dafn etishda ishtirok etishga majbur qilingan boshqa bir guvoh.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, Damashq atrofida bunday ommaviy qabrlar juda ko‘p.
Asad rejimi qulaganidan keyin minglab suriyaliklar bedarak yo‘qolgan yaqinlarini qidirish uchun qamoqxonalarga bordi. Ular yaqinlariga nima bo‘lganiga oydinlik kiritishni va halok bo‘lganlarning xotirasini munosib dafn etishni xohlaydi.
Shuningdek, Asad xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan yuzlab suriyaliklarning shaxsiy guvohnomalari qamoqxonalardan birida topildi.
Foto: BBC “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Isroil Golan tepaliklaridagi aholisi sonini ikki baravar oshirmoqchi
Abduqodir Husanov: Men baribir birinchiman!