08:19 / 24.12.2024
14

2024 yilning eng omadsiz valyutasi ma’lum qilindi

2024 yilning eng omadsiz valyutasi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
Joriy yilda Braziliya reali AQSH dollariga nisbatan eng ko‘p – 20 foizdan ortiqqa qadrsizlangan valyuta bo‘ldi. Janubiy Amerikaning eng katta iqtisodiyotida hozir 1 dollar rekord darajada qimmat – 6,2 realga baholanmoqda.

Bu inqirozning sababi – iqtisodiy noaniqlik, ziddiyatli siyosat va investorlarning ishonchsizligiga bog‘liq, deb yozadi The Economist.

Prezident Lula da Silva boshchiligidagi hukumat xarajatlarni kamaytirish uchun choralar ko‘rdi, jumladan, davlat xodimlari uchun ish haqi cheklovlarini joriy etdi. Lekin, shu bilan birga, kam daromadli va o‘rta daromadli aholi uchun soliq imtiyozlari va’da qilindi. Investorlar esa bu harakatlarni hukumatning moliyaviy intizomga jiddiy yondashmagani sifatida baholashdi. Bu holat, xususan, Braziliyaning budjet tanqisligi (YAIMning 10 foiziga yaqin) va davlat qarzi (YAIMning 90 foizi) fonida kuchaydi. Natijada, moliya bozorlarida sarosima yuzaga keldi.

Braziliya Markaziy banki vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qildi: sentyabrdan beri uch marta foiz stavkalari oshirildi, 3 milliard dollardan ortiq zaxiralar ishlatildi, lekin bu choralar natija bermadi. Hozirga kelib, ikki yillik davlat obligatsiyalarining daromadliligi 15 foizdan oshgan, bu esa investorlarning jiddiy xavotirini ko‘rsatadi.

Ekspertlarning fikricha, mamlakat moliyaviy intizomni kuchaytirish uchun tezkor choralar ko‘rishi kerak. Busiz realning qadrsizlanishi va iqtisodiy qiyinchiliklarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Braziliya o‘zining tarkibiy muammolarini hal etmasa, inqiroz yanada chuqurlashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2024 yilning eng omadsiz valyutasi ma’lum qilindi