
Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi ko‘pxotinlilikka ruxsat beruvchi fatvoni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda kengash raisi Shamil Alyautdinov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, fatvoni bekor qilish qarori Bosh prokuratura so‘rovi, shuningdek, jamoatchilikning salbiy munosabati bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, yaqinda Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi er barcha xotinlarga adolatli va teng munosabatda bo‘lishi sharti bilan Rossiya musulmonlariga to‘rttagacha diniy nikohga kirishga ruxsat bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar