date
views 176

Ozarboyjon Rossiya fuqarolarining mamlakatda boʻlish qoidalariga oʻzgartirish kiritadi

Ozarboyjon Rossiya fuqarolarining mamlakatda boʻlish qoidalariga oʻzgartirish kiritadi
Ozarboyjon yaqin kunlarda Rossiya fuqarolarining mamlakat hududida vaqtincha boʻlish qoidalariga oʻzgartirish kiritadi. Bu haqda APA agentligi mamlakat TIV matbuot kotibi Oyxon Hojizodaga tayanib xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi qaror Rossiya tomoni chet el fuqarolarining mamlakatda boʻlish muddatiga bogʻliq talablarni kuchaytirgani sabab qabul qilingan.

TIV vakilining aytishicha, Moskva tomonidan qoʻllanayotgan yangi qoidalar Ozarboyjon fuqarolarining huquqlari kontekstida koʻrib chiqilmoqda. Shu bois Boku paritet va oʻzarolik tamoyillaridan kelib chiqadi.

TIV qoidalarga qanday oʻzgartirish kiritilayotgani yuzasidan ma'lumot bermagan.

Rossiya fuqarolari Ozarboyjonga vizasiz kira oladi. Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi yoʻq shaxslarning vaqtincha mamlakatda boʻlish muddati 90 kundan oshmasligi kerak.

Rossiyada 2025 yil 1 yanvardan viza talab etilmaydigan davlatdan kelgan chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish muddati bir kalendar yili davomida jami 90 sutkadan oshmasligi toʻgʻrisidagi tartib-qoida kuchga kiradi.

26 dekabr kuni Ozarboyjon parlamenti deputati Rasim Musabekov Rossiya Bokudan Grozniyaga uchayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer samolyoti Qozogʻistonda halokatga uchragani uchun kechirim soʻrashi kerakligini ma'lum qildi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Bokuning bayonotidan xabardor ekani, ammo halokat sabablarini aniqlash boʻyicha tergov yakunlanmagunga qadar «baho berish huquqiga ega emasligini» bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo