
Foto: TASS
Ozarboyjon hukumati 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya fuqarolarining Ozarboyjon Respublikasi hududida vaqtincha boʻlish shartlariga oʻzgartirishlar kiritdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Qarorga koʻra, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Ozarboyjon Respublikasiga vizasiz asosda kelgan holda, bir kalendar yili davomida 90 kundan ortiq boʻla olmaydi. Qarorni bosh vazir Ali Asadov imzoladi.
Shu yil avgust oyida Rossiyada ham chet el fuqarolari uchun xuddi shunday choralar qabul qilingan edi.
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, yangi qoidalar Rossiyaning xuddi shu mazmundagi qaroriga javoban qabul qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!