
Foto: Reuters
AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter 29 dekabr kuni 100 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oʻgʻli Jeyms Karter III bayonotiga tayanib The Washington Post xabar berdi.
U shunday keksa yoshgacha hayot kechirgan AQShning yagona sobiq prezidenti edi. U Jorjiya shtatida, oʻz uyida vafot etdi. 2015 yilda Jimmi Karterga saraton tashxisi qoʻyilgan. 2023 yilda u davolanishni davom ettirishdan bosh tortgan va umrining qolgan qismini uyda oʻtkazishga qaror qilgan.
Karter AQShga 1977 yildan 1981 yilgacha rahbarlik qilgan. 2002 yilda “dunyodagi mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun” tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
2023 yilning noyabrida uning turmush oʻrtogʻi Rozalin Karter 97 yoshida vafot etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar