date
views 178

“Hayat Tahrir ash-Shom” tarqatib yuboriladi – al-Juloniy

“Hayat Tahrir ash-Shom” tarqatib yuboriladi – al-Juloniy
Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman al-Safadiy Damashqqa keldi.
Foto: DPA

Asad rejimini agʻdargan koalitsiya etakchisi Abu Muhammad al-Juloniyga koʻra, mamlakat kelgusi toʻrt yil ichida saylovlar oʻtkazadi. U, shuningdek, yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uch yilgacha vaqt olishi mumkinligini aytdi. Suriyaning de-facto rahbari bu haqda Saudiya Arabistoni davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Suriyaliklar keskin oʻzgarishlarni koʻrishi uchun taxminan bir yil vaqt ketadi, dedi al-Juloniy. Suriyaning amaldagi rahbari HSH kabi guruhlar “milliy muloqot konferentsiyasida tarqatib yuborilishini” aytdi.

Albatta. Mamlakatni guruhlar va militsiya mentaliteti bilan boshqarib boʻlmaydi”, dedi u bu haqdagi savolga javob berar ekan.
Juloniy AQSh dastagi bilan Suriya shimoli-sharqini egallab turgan kurdlar masalasida ham izoh berdi. U barcha tomonlar, jumladan, Suriya demokratik kuchlari (SDF) bilan ham muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

Biz Suriyaning Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) uchun Turkiyaga qarshi hujumlar uyushtirish platformasiga aylanishiga qarshimiz”, dedi u qurollar faqat mudofaa vazirligi ixtiyorida boʻlishi kerakligini ta'kidlab.

Suriya qurolli muxolifati tomonidan kutilmaganda boshlangan hujum 13 yildan beri davom etayotgan qonli mojaro va yarim asrlik sulola boshqaruviga yakun yasadi. Bu Asad rejimining uzoq yillik ittifoqchilari Rossiya, Eron va “Hizbulloh” pozitsiyalari zaiflashgan vaqtga toʻgʻri keldi.

Asad rejimiga qarshi koalitsiyani boshqargan “Hay'at Tahrir ash-Shom” jangari guruhi BMT, Qoʻshma Shtatlar, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlar tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Uning etakchisi Juloniy haqidagi ma'lumot uchun yaqin kunlargacha 10 million AQSh dollari mukofot amal qilayotgandi.

Suriyaning yangi rahbariyati rejim iqtidorda boʻlgan vaqt joriy qilingan xalqaro sanktsiyalarni bekor qilishga erishmoqchi. Juloniy bu borada AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga umid bildiryapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hayat Tahrir ash-Shom” tarqatib yuboriladi – al-Juloniy