Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan asirlar almashinuvi boʻlib oʻtganini ma'lum qildi, deb yozadi «Meduza». Har ikki davlat ham 150 nafardan harbiy asirlarini qaytarib oldi. Ukraina hukumati hozircha rasman bu haqda xabar bermadi.
Rossiyalik harbiy asirlar ayni vaqtda Belarus hududida boʻlib, ularga zarur yordam koʻrsatilmoqda va qarindoshlari bilan bogʻlanish imkoniyati taqdim etilgan.
Rossiya harbiy idorasiga koʻra, asirlar almashinuvi BAA vositachiligida amalga oshirilgan.
Bundan oldingi asirlar almashinuvi 2024 yil 18 oktyabrda boʻlib oʻtgandi. Oʻshanda Rossiya 95 nafar harbiy asirni Ukrainaga topshirgan va ushbu mamlakatdan ham shuncha asirlarini qaytarib olgandi. 17 dekabr kuni inson huquqlari boʻyicha ombudsman Tatyana Moskalkova Rossiya va Ukraina harbiylari «koʻplab asirlarni almashish» boʻyicha muzokaralar olib borayotgani, ammo hozircha bu borada kelishuvga erishilmaganini aytgandi.
Dekabr boshlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga rojdestvoda oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni almashish taklifini bergani, ammo u mazkur taklifni rad etgani haqida gapirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Oilaviy tinchlikning siri nimada?
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi