Foto: “Sputnik”
2025 yil 30 iyundan boshlab chet el fuqarolari Rossiyaga kirishda, chegarani har qanday nazorat-oʻtkazish punktidan kesib oʻtganda, barmoq izlari va Face ID tekshiruvidan oʻtish shart boʻladi. Ushbu talab hukumat qarori bilan tasdiqlangan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Oʻzgarishlar Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha boʻlgan bolalar, diplomatlar va Rossiyadagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari xodimlari va ularning oilasiga, xalqaro tashkilotlar va ularning Rossiyada akkreditatsiya qilingan vakolatxonalari xodimlari hamda oilasiga taalluqli emas.
Rossiyaga vizasiz kirish uchun xorijliklar maxsus ilovada oldindan biometrik ma'lumotlarini topshirishi va oʻzlari haqidagi ma'lumotlar hamda tashrif maqsadlarini koʻrsatib ariza berishi mumkin.
2024 yilning 1 dekabridan boshlab chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Rossiya chegarasini kesib oʻtish uchun Moskva va Moskva viloyati xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi “Mashtakovo” avtomobil nazorat-oʻtkazish punktida barmoq izlari va yuz tasvirini topshirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Soʻnggi transfer xabarlari: Husanovga «Siti» qiziqmoqda, Shomurodov «Roma»dan ketishi kutilmoqda
Rossiya qoʻshinlari kecha tunda Ukrainaga 72 ta dronlar bilan hujum qildi
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Yangi yil arafasida Yangi Orleanda roʻy bergan qirgʻin haqida nimalar ma'lum?
WBA reytingi yangilandi: Oʻzbek bokschilari nechanchi oʻrinda qayd etildi?
Rossiya dronlari Kiyevdagi Oliy rada ma'muriy binosiga zarar etkazdi
Xitoyda tarqalayotgan xavfli virus Oʻzbekistonda ham qayd etildi
Nima uchun bu kitobni shu kunlarda oʻqishingiz kerak?