10:51 / 04.01.2025
44

Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi

Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Foto: AFP
Oliy radaning inson huquqlari boʻyicha vakili Dmitriy Lubines BMTning Ukrainadagi urush haqidagi soʻnggi hisobotidan noroziligini bildirdi. Bu haqda ombudsmanning Telegram-kanalida 3 yanvar, juma kuni e'lon qilindi.

BMT: Ukrainada rossiyaliklar qiynoqqa solingan

31 dekabr, seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi hisobotni e'lon qildi. Hujjat 2024 yil sentabrdan noyabrgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Muqaddimada ta'kidlanganidek, hisobotda «mojaro bilan bogʻliq inson huquqlarining buzilishi, jumladan, Rossiyaning aholi punktlariga hujumlari, energiya infratuzilmasiga maqsadli hujumlar va asosiy erkinliklarning cheklanishi tasvirlangan».

BMT ekspertlari uch oylik urush davomida 574 nafar tinch aholi halok boʻlgani, 3032 nafari yaralanganini aniqladi. «Jabrlanganlarning mutlaq koʻpchiligi – 93 foizi Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda, ayniqsa Donesk, Xarkiv va Xerson oblastlarida qayd etilgan», deyiladi hisobotda. Unda 63 nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilishi haqida ham soʻz boradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti press-relizining oʻnta bandidan faqat ikkitasida Ukraina hukumati tanqid qilingan. Ulardan birida «Ukraina rasmiylari tomonidan rossiyalik harbiy asirlarni, asosan, ularni hibsga olishning dastlabki bosqichlarida tranzit markazlarida qiynoqqa solish va shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari» haqida yozilgan.

«Boshqarma xuddi shunday sharoitda rossiyalik harbiy asirlarning oʻlimi haqidagi ikki ishonchli xabarni tekshirmoqda», — deyiladi bayonotda. Boshqa joylarda esa «bosib olingan hududlarda ham, Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda ham diniy erkinliklarning cheklanishi» haqida aytiladi.

Lubines: BMTning ayrim xulosalari notoʻgʻri

Ukraina ombudsmanining ta'kidlashicha, «BMTning Ukraina boʻyicha bir qator xulosalari notoʻgʻri». «Men ombudsman idorasi tomonidan berilgan ayrim izoh va tavsiyalar inobatga olinmaganiga qat'iyan qoʻshilmayman», — deya qoʻshimcha qildi Lubines.

Rossiyalik harbiy asirlarni qiynoqlarga solish holatlariga toʻxtalib, u Ukraina hukumati ularni tergov qilayotganini aytdi. «Ombudsman idorasi xodimlari jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda harbiy asirlarni saqlash lagerlariga va tergov hibsxonalaridagi maxsus hududlarga muntazam tashrif buyurishadi, rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan sharoit va munosabat Jeneva konventsiyasiga mos keladi», dedi Lubines.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo