08:18 / 06.01.2025
34

Damashq aeroporti xalqaro reyslar uchun ochiladi

Damashq aeroporti xalqaro reyslar uchun ochiladi
Foto: Flickr
Damashq xalqaro aeroporti 7 yanvar kuni xalqaro reyslar uchun ochiladi. Bu haqda Suriya fuqaro aviatsiyasi va havo transporti qoʻmitasi rahbari Eshxed Solibiy xabar berdi.

Solibiyning ta'kidlashicha, ayni paytda Halab va Damashq aeroportlarida operatsiyalarni qayta tiklash boʻyicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Biz hamkorlarimiz yordamida ushbu aeroportlar butun dunyodan reyslarni qabul qila olishini ta'minlayapmiz”, deya qoʻshimcha qildi u.

Faoliyat tiklangandan soʻng, 18 dekabr kuni Damashq aeroportidan uchgan birinchi yoʻlovchi reysi Halab aeroportiga qoʻngandi. 8 dekabr kuni prezident Bashar Asad agʻdarilganidan keyin tijoriy parvozlar vaqtincha toʻxtatilgandi. Qatar Airways Damashqqa parvozlarni tiklamoqda.

Suriyaga allaqachon xalqaro yordam va xorijiy diplomatik delegatsiyalar bilan samolyotlar qoʻna boshladi. Syrian Airlines aviakompaniyasi 7 yanvardan boshlab Damashqdan Dubayga parvozlarni amalga oshiradi.

Qatar Airways aviakompaniyasi deyarli 13 yillik tanaffusdan soʻng Suriya poytaxtiga parvozlarni qayta tiklaganini e'lon qildi. 7 yanvardan boshlab haftasiga uchta reys rejalashtirilgan.

Doha Suriyaning yangi hukumatiga Damashqdagi aeroportning normal ishlashini ta'minlashda yordam taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo