Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyoz Mansur nufuzli mashvaratda koʻz yoshini tiyib tura olmadi. Diplomat BMT Xavfsizlik kengashining navbatdagi tashqari majlisida Isroil aviahujumi oqibatida halok boʻlgan gʻazolik shifokorning vido soʻzlarini oʻqib eshittirar ekan, yigʻlab yubordi.
«Tirik qolganlar bizning hikoyamizni soʻzlab berajak! Biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qildik. Bizni unutmang», – deya noma qoldirgan Gʻazo sektoridagi «Al-Avda» shifoxonasida faoliyat yuritgan shifokor Mahmud Abu Nujayla.
Marhum shifokorning vido xati shifoxonaning ma'lumotlar taxtasidan topilgan.
«Bu soʻzlar noinsoniy shart-sharoitda ishlagan tibbiy xodimlarning jasorati va sadoqatiga shohidlik beradi. Doktor Nujaylaning oʻlimi nafaqat Gʻazo, balki butun dunyo uchun yoʻqotishdir», – degan Falastin elchisi Xavfsizlik kengashi yigʻilishida.
Riyoz Mansur Gʻazo ahli 15 oydan buyon doʻzaxiy sharoitda yashayotgani sabablaridan biri sifatida xalqaro hamjamiyatning harakatsizligini koʻrsatgan.
Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban Gʻazo hududiga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon hududdagi shifoxona va tibbiy muassasalarni bombardimon qildi. BMT hisobotlariga koʻra, ayni paytda Gʻazo sektorida sogʻliqni saqlash tizimi butunlay izdan chiqqan.
2024 yil 27 dekabr kuni Isroil harbiylari Kamol Advan shifoxonasiga bostirib kirib bosh shifokor Hussam Abu Safiyani hibsga oldi. Shifoxonaning ayrim boʻlinmalariga oʻt qoʻyildi. Shifoxonadagi bemorlar Indoneziya kasalxonasiga oʻtkazilgan. Ammo mazkur shifoxonada dori-darmon, yonilgʻi yoʻqligi, shifokorlar etishmayotgani aytilmoqda.
Falastin ma'muriyatiga koʻra, muttasil bombardimonlar sabab shifoxonalar vayron boʻlgan, minglab bemor tibbiy koʻmaksiz qolmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Gʻazo sektoridagi insoniy talafotlar va vayronagarchiliklar, yahudiy davlati rasmiylarining bayonotlarini oʻrganib, Isroil Falastin xalqiga nisbatan genotsid sodir etmoqda degan xulosaga kelgan.
Amnesty International tashkilotiga koʻra, Abu Safiya kabi shifokorlarning hibsga olinishi Tel-Avivning genotsid siyosatini tasdiqlaydi.
Qarorgohi Jeneva (Shveytsariya) shahrida joylashgan Euro-Med inson huquqlari tashkiloti Kamol Advan shifoxonasi oʻqqa tutilgani va yoqib yuborilganini inson huquqlarining poymol etilishi deb atagan. Qayd etilishicha, Isroil armiyasi tibbiy xodimlarni qasddan oʻldirmoqda, ularga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.
Soʻnggi ma'lumotlarga qaraganda, Gʻazo sektorida 457 kundan buyon davom etayotgan urushda halok boʻlgan falastinliklar soni 45805 nafarga, yaralanganlar esa 109064 nafarga etdi. Halok boʻlganlarning har uchtadan biri bolalar, har toʻrttadan biri ayollardir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)