120
Ilhom Aliyev Embreaer 190 samolyotining «qora quti»si Moskvada ochilishiga ruxsat berganmi?
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Embreaer 190 halokati qurbonlarining oila a'zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Aliyev navbatdagi marta hodisada Rossiyani ayblab, Moskvadan insoniylikka xos munosabat talab qildi.
Ozarboyjon prezidentining soʻzlariga koʻra, Grozniy osmonini yopish boʻyicha operatsiya samolyot erdan turib oʻqqa tutilganidan keyin e'lon qilingan.
«Tabiiyki samolyotga erdan turib oʻq uzilgan. Kunday ravshan, uchoq radioelektron vositalar bilan boshqarib boʻlmaydigan holatga keltirilgan. Lekin uchoq nega Oqtovga yuborilgan? Hozircha bu savolga javobimiz yoʻq», degan Aliyev.
Ozarboyjon liderining aytishicha, uchuvchilar bu oxirgi parvozi ekanini tushungan, lekin shunday boʻlsa-da, imkon qadar koʻproq odamlarning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilgan.
Rus tilidagi nutq
Uchrashuv ozar tilida oʻtkazilgan, lekin orada Aliyev rus tilida ham gapirgan. Tabiiyki, Ozarboyjon liderining bu gaplari Rossiya manziliga qaratilgan. Aliyevning soʻzlariga koʻra, Ozarboyjon qora quti MDH qoshidagi ofisi Moskvada joylashgan Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan ochilishiga keskin qarshi boʻlgan. Shu bois qora qutini ochib, uni oʻrganish bilan Embrayer 190 ishlab chiqaruvchisi Braziliya shugʻullanmoqda.
«Agar halokatning dastlabki soatlaridayoq Rossiyaning holatni ob'ektiv oʻrganishga intilishini koʻrganimizda, balki «qora quti» davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganilishiga rozi boʻlardik. Bu tizim doirasida oʻn yillar hamkorlik qilganmiz. Tizim sobiq SSSR davlatlari hududida aviahalokatlarni oʻrganish bilan shugʻullangan axir.
Lekin Rossiya tomoni ishni yopti-yopti qilishga, barcha aybni qushlarga yoki gazballon portlashiga agʻdarishga intilayotganini koʻrib, bu tizim holatni ob'ektiv oʻrganishiga menda va Ozarboyjon jamiyatida shubha paydo boʻldi.
Hozir qora qutini oʻrganish ishlari davom etmoqda. Umid qilaman, oʻrganish natijalarini bilganimizdan keyin hammasi oʻz oʻrniga tushib, boʻlib oʻtgan halokatning toʻliq kartinasi shakllanadi», dedi Aliyev rus tilidagi nutqida. Ozarboyjon prezidenti navbatdagi marta aybdorlar jazolanishi muhim ekanini ta'kidladi.
Aliyev Rossiya halokat haqida absurd versiyalarni ilgari surayotganidan qattiq ranjigani, haqli tarzda gʻazablanganini aytdi. «Ozarboyjon fuqarolari bu halokatda qurbon boʻlgani uchun ayb Rossiya vakillari gardanida. Biz adolat ta'minlanishi, aybdorlar jazolanishi va insoniy xatti-harakatlarni talab qilamiz», dedi Aliyev.
Nega Aliyev bu gaplarni takrorladi?
Ilhom Aliyev shunga oʻxshash gaplarni avval ham aytgandi. Xoʻsh, unda nega bu gaplarni takrorlayapti? Birinchidan, Aliyevning oldingi chiqishi butun ozarboyjonliklarga qaratilgan va qaysidir ma'noda ularga hisobot bergandi. Kechagi uchrashuv esa ancha tor doirada oʻtib, unda Embreaer 190 halokatida qurbon boʻlgan ozarboyjonliklarning oila a'zolari qatnashgan. Aliyev prezident sifatida ularga halokat sabablarini tushuntirdi. Chunki bu oddiy halokat emas. Boshqa davlat hududida, jangovar qurol ta'sirida sodir boʻlgan halokat.
Aliyev halokatning dastlabki kunlarida Rossiya Ozarboyjondan kechirim soʻrashi kerakligini aytib chiqqandi. Keyinroq Putin Aliyevga qoʻngʻiroq qilib kechirim soʻragani aytildi. Lekin rasmiy xabarga koʻra, Putin «Uzr, Ilhom Haydarovich, bizning harbiylar bilmay fuqarolik samolyotingizni urib qoʻydi», deb kechirim soʻramagan. Shunchaki hodisa Rossiya osmonida sodir boʻlgani uchun kechirim soʻragan. Aftidan, Bokuni Moskvaning bunday mujmal javobi qanoatlantirmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)