09:07 / 12.01.2025
24

Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi

Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Panama kanali.
Foto: Wikipedia

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Panama kanali masalasida bosim oʻtkazishni toʻxtatmasa, Panama prezidenti Xose Raul Mulino BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilmoqchi. Bu haqda Politico gazetasiga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

Oʻtgan chorshanba kuni Panamaning amaldagi rahbari mamlakatning sobiq prezidenti Ernesto Peres Balyadares bilan suhbatlashib, Tramp tahdidini toʻxtatmasa BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilishi mumkinligini aytgan. Mulino vaziyatning qay tarzda rivojlanishini baholash uchun Trampning inauguratsiyasini kutmoqda.

Eslatib oʻtamiz, hali rasman lavozimiga qaytmasidan turib, Tramp qator kutilmagan bayonotlar berdi: Kanadani 51-shtatga aylantirish, Daniyaga qarashli Grenlandiyani AQShga qoʻshib olish, Meksika koʻrfazini «Amerika koʻrfazi» deya qayta nomlash kabilar. Tramp Atlantika va Tinch okeanlarini bogʻlovchi muhim suv yoʻli — Panama kanaliga ham koʻz olaytirmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va milliy xavfsizligida muhim rol oʻynovchi Panama kanali AQSh uchun «hayotiy muhim», degan Tramp oʻz bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo