09:36 / 13.01.2025
42

Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi

Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
Foto: fotki.cc
Mel Gibson yonib ketgan uyi suratlarini koʻrsatib, Janubiy Kaliforniyadagi dahshatli yongʻinlar asl sababi nimadaligiga ishora qildi.

«Sheryurak» yulduzi Janubiy Kaliforniyada yuz bergan sertalafot yongʻinlarda koʻchmas mulklaridan ayrilgan koʻplab taniqli shaxslardan biri. Uning 14 mln dollarlik hashamatli uyi Malibuda joylashgandi. Fox telekanaliga intervyusida Mel Gibson 15 yil mobaynida toʻplagan oʻzi uchun qadrli narsalar — oilaviy fotoalbomlardan tortib XVII asrda chiqarilgan noyob kitoblargacha judo boʻlganini aytdi.

Mel Gibsonning uyi yongʻindan soʻng. Foto: BlueLoveImages
Mel Gibson va yaqinlari yongʻin payti Ostin (Texsa shtati)da boʻlishgani bois jabrlanishmadi.

«Oʻgʻlim pasportlar va ayrim muhim hujjatlarni olib chiqishga ulgurdi... Bu fojia, bu juda qaygʻuli. Ammo qoʻshnilarimga koʻproq achinaman. Qandaydir gʻalati aralash tuygʻularni ogʻushidaman: ham qaygʻu, ham yengillik. Hayotda qanchalik omadim chopganini oʻylayman... Bular shunchaki buyumlar, ular topilishi yoki topilmasligi mumkin, ammo muhimi — biz hanuz shu erdamiz. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, boʻlayotgan hodisalarga poklanish sifatida boqyapman», — dedi Mel Gibson.

U yongʻinlarning kelib chiqishi borasida kutilmagan fikrni oʻrtaga tashladi:
«Bu koʻhna zamonlarda boy chorvadorlar odamlarni erlaridan qay tarzda siqib chiqarganini yodimga soldi. Bilmayman... negadir oʻt oʻchiruvchilarga suv etishmagani menga atayin uyushtirilganday tuyuldi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo