Tarixda ilk bor meteorit qulashining tovushi yozib olindi (video)

Foto: Videodan kadr
Tarixda birinchi marta videokuzatuv kamerasi meteoritning qulashi paytidagi tovushni yozib oldi. Kosmik jism qulashi Kanadada qayd etilgan.
CBC News xabariga koʻra, Prins Eduard orolida yashovchi Jo Velaidum oʻz uyi oldida kosmik jism parchasini topgan. U toshni olimlarga topshirgan va ular bu meteoritga “Sharlottaun” deb nom bergan. Tosh yerga tushishdan oldin taxminan soatiga 200 kilometr tezlikka erishgan.
Veladium meteorit tushgan joyda hodisa yuz berishidan bir necha daqiqa oldin turgan. Alberta universiteti xodimi Kris Xerdning aytishicha, meteoritning ovoz chiqarib tushishi ilk bor fan tarixida videoga olindi.

Oʻlchami 30 metrgacha boʻlgan kosmik jism meteorit hisoblanadi. Undan kattaroq jismlar esa asteroidlar sanaladi. Meteorit Er atmosferasiga sekundiga 11,2 kilometrdan 72 kilometrgacha tezlikda kiradi. Ba'zida u dinozavrlarni qirib tashlagan mashhur Chiksulub meteoritidek ulkan boʻladi. Ba'zan esa juda kichkina boʻladi — bunday meteoritlar yerga juda koʻp miqdorda, kuniga ikki tonnagacha tushadi.

Yirik meteoritning tushgan joyida krater hosil boʻlishi mumkin. Oy yoki Marsda Yerdagiga nisbatan koʻproq meteorit kraterlari mavjud. Buning sababi Yerda havo borligi, atmosferaning ancha zichligi. Meteoritlar undan oʻtayotganda qizib ketadi va koʻpincha yerga yetib kelmasdan yonib ketadi.

Izohlar 0
…