Foto: Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi
18 yanvar kuni Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolaridan iborat transmilliy jinoiy guruhni 0,5 kilogramm simobni sotishga uringan vaqtda qoʻlga oldi. Hibsga olish Oʻsh shahri kafelaridan birida sodir boʻlgan, deb xabar berdi 24.kg.
Tergov ma'lumotlariga koʻra, xavfli modda Oʻzbekistondan noqonuniy ravishda Qirgʻizistonga olib kirilgan. Kontrabandachilar simobning bir grammini 4 ming dollarga baholagan.
Qoʻlga olinganlar orasida Oʻzbekistonning bir nafar fuqarosi va Qirgʻizistonning uch nafar fuqarosi bor. Ularning barchasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 292-moddasi («Kuchli ta'sir etuvchi yoki zaharli moddalarni sotish maqsadida qonunga xilof ravishda oʻtkazish») bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoiy guruh faoliyatiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha tergov-tezkor tadbirlari oʻtkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar