Foto: AP
2025 yilda yadroviy tahdid bilan bir qatorda ekzistentsial tahdidlar qatoriga iqlim inqirozi va nazorat vositalariga ega boʻlmagan sun'iy intellekt (SI) kiradi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.
«Bugun biz katta e'tibor va harakat talab qiladigan ikkita yangi va chuqur tahdidga duch kelyapmiz (...) - iqlim inqirozi va sun'iy intellektdan foydalanishning nazoratsiz kengayishi», dedi u Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida (WEF).
Guterrishning ta'kidlashicha, yadroviy tahdid hamon ekzistentsial tahdid boʻlib qolmoqda, ammo endi «u yolgʻiz emas».
BMT Bosh kotibi insoniyatning qazib olinadigan yoqilgʻiga qaramligini «hech kimni ayamaydigan Frankenshteyn yirtqich hayvoni» deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, global haroratning oshishi tufayli butun dunyo boʻylab dengiz sathi koʻtarilmoqda, harorat esa asosan qazib olinadigan yoqilgʻilardan foydalanish hisobiga oshmoqda.
Guterrish butun dunyo hukumatlarini bu yil iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha yangi rejalarni taqdim etishga va'da berishga chaqirdi. Bu rejalar, BMT Bosh kotibining soʻzlariga koʻra, iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij kelishuvida belgilanganidek, global haroratning Tselsiy boʻyicha 1,5 darajagacha oshishini cheklash maqsadiga mos kelishi kerak.
Shuningdek, BMT bosh kotibi toʻgʻri nazorat qilinmaydigan SI haqida gapirdi.
«Sun'iy intellektdan aldamchilik quroli sifatida foydalanish mumkin. U iqtisod va erkin bozorlarni vayron qilishi, institutlarga ishonchni susaytirishi mumkin va uning jang maydoniga ta'sir oʻtkazish qobiliyati qoʻrqinchli», dedi Guterrish.
Shu munosabat bilan u sun'iy intellektdan foydalanish boʻyicha xalqaro hamkorlik nihoyatda muhim ekanini va bunday hamkorlik barcha mamlakatlar va odamlarning ushbu texnologiyadan foydalanishi va rivojlanishiga yordam berishini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar