413
Amerikalik jurnalist Makronning rafiqasi erkak boʻlib tugʻilganini isbotlashga va'da berdi
Amerikalik jurnalist Kendis Ouens Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronning erkak jinsida tugʻilganiga oid dalillarni e'lon qilishga va'da berdi.
U oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida Brijit Makron aslida hech qachon mavjud boʻlmaganini isbotlovchi dalillarni toʻplaganini ma'lum qildi. Ouens ushbu materiallarni 30 yanvar kuni e'lon qilishini aytdi.
Avvalroq Ouens Makronlar oilasining advokatlari unga bosim oʻtkazishga harakat qilayotganini ma'lum qilgandi. Ammo u “AQShda soʻz erkinligi borligini va frantsuz advokatlari uning ogʻzini yopa olmasligini” ta'kidladi. Shuningdek, uning fikricha, “prezidentlar faqat ularni qoʻrqitish mumkin boʻlgan ma'lumotlar oshkor etilishiga xavotirda boʻlganidagina jurnalistlarga tahdid qiladi”.
Ouens X platformasida Makronga murojaat qilib, Brijit Makronning oʻtmishiga oid 21 ta savoldan iborat roʻyxat yoʻlladi. Unda u Brijitning yoshlik davriga oid fotosuratlar va ma'lumotlarni taqdim etishni soʻradi.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Emmanuel Makron 15 yoshligida 39 yoshli oʻqituvchisi Brijit bilan munosabat oʻrnatgan, biroq oʻqituvchining maktab yoki talabalik davri haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas.
Ouens shuningdek, 2024 yil noyabr oyida frantsuz jurnalisti Natasha Rey bilan suhbatlashganini ma'lum qildi. Rey Brijit Makronning erkak jinsida tugʻilgani va buning uchun sudlanganini iddao qilgan.
2024 yil sentyabrda Parij sudi Brijit Makronning jinsiga doir da'volarni tuhmat deb topib, ikki ayolni, jumladan Reyni, 13,5 ming yevro jarima toʻlashga hukm qildi. Keyinchalik kassatsiya sudi bu qarorni tasdiqladi.
2021 yil dekabr oyida, Fransiyada prezidentlik saylovlari oldidan, Rey YouTube orqali Brijit Makronning aslida Jan-Mishel ismli erkak sifatida tugʻilganini iddao qildi. Bu video keng tarqalgan va OAVda muhokamalarga sabab boʻlgan.
2024 yil mart oyida Emmanuel Makron birinchi marta omma oldida rafiqasi haqidagi asossiz iddaolarni keskin tanqid qildi. Uning fikricha, prezidentlik davrida eng ogʻir narsa “yolgʻon ma'lumotlar va soxta syujetlar” bilan kurashishdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar