17:29 / 24.01.2025
271

Peskov Trampning «neft tahdidi» urushni toʻxtatmasligini aytdi

Peskov Trampning «neft tahdidi» urushni toʻxtatmasligini aytdi
Rossiya-Ukraina urushining borishi neft narxining oʻzgarishiga bogʻliq emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gapirdi.

Avvalroq, Donald Tramp Moskva va Kiyev oʻrtasidagi urushni tugatish uchun jahon bozorida neft narxini pasaytirishga chaqirgan edi.

«Bu mojaro neft narxiga bogʻliq emas. Ushbu mojaro Rossiyaning milliy xavfsizligiga tahdid, ma'lum hududlarda yashovchi ruslarga tahdid, shuningdek, amerikaliklar va yevropaliklarning Rossiya xavotirlarini tinglashni istamasligi va toʻliq rad etishi tufayli sodir boʻlmoqda va bu neft narxiga aloqador emas», dedi Peskov.

Shuningdek, u Kreml AQSh yangi prezidenti bilan muloqotga tayyorligini va Vashingtondan «signal kutayotganini» ta'kidladi.

23 yanvar kuni Donald Tramp Davosdagi iqtisodiy forumda videoaloqa orqali chiqish qilib, Saudiya Arabistoni va OPEC davlatlaridan neft narxini pasaytirishni soʻragan edi. «Agar narx pasaysa, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush darhol toʻxtaydi», dedi u.

AQSh prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi urushni toʻxtatish uchun yaqin orada Vladimir Putin bilan uchrashishni xohlayotganini qoʻshimcha qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo