date
views 149

HAMAS garovga olingan yana toʻrt nafar isroillikni ozod qildi

HAMAS garovga olingan yana toʻrt nafar isroillikni ozod qildi
HAMAS guruhi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi doirasida ozod qilishga rozi boʻlgan garovga olingan toʻrt nafar isroillik ayolni Qizil Xoch jamiyatiga topshirdi. Translyatsiyani Al Jazeera telekanali olib bordi.

Naami Levi, Karina Ariyev va 20 yoshli Daniel Gilboa va 19 yoshli Liri Albag ozodlikka chiqdi. Ularning barchasi harbiy xizmatchilar boʻlib, 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumda qoʻlga olingan.

Foto: Al Jazeera
Garovga olinganlarni topshirish Gʻazo shahridagi Falastin maydonida boʻlib oʻtdi.

Endi Isroil bunga javoban 200 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi. Ulardan 70 nafari Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildan tashqariga deportatsiya qilinadi. Ularning bir qismi Misrga, yana bir qismi Jazoir, Qatar yoki Turkiyaga yuboriladi.

19 yanvar kuni isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga birinchi almashish boʻlib oʻtdi. HAMAS isroillik uch nafar ayolni ozod qildi. Guruh Gʻazo shahridagi Saraya maydonida garovga olinganlarni Qizil Xoch jamiyatiga topshirdi. Kelishuv doirasida Isroil 20 yanvarga oʻtar kechasi 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qildi.

Umumiy hisobda HAMAS tomonidan ushlab turilgan 97 nafar isroillikdan 33 nafari 6 hafta ichida ozod etilishi kerak. Garovga olingan har bir fuqaro uchun Isroil 30 nafar falastinlikni, garovga olingan har bir harbiy uchun esa 50 nafar falastinlikni ozod qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS garovga olingan yana toʻrt nafar isroillikni ozod qildi