19:56 / 25.01.2025
556

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravishda quvgʻin qilmoqda

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravishda quvgʻin qilmoqda
Foto: ice.gov
Trampning matbuot xizmati “yuzlab noqonuniy jinoyatchilar” deportatsiya qilinganini xabar qilib, boshlangan jarayonni “tarixdagi eng katta ommaviy deportatsiya amaliyoti” deb atadi.

“Va'da qilinganidek, prezident Tramp dunyoga kuchli messej yuboryapti: Qoʻshma Shtatlarga noqonuniy kiradiganlar jiddiy oqibatlarga roʻbaroʻ boʻladi”, – deyiladi rasmiy relizda.

23 yanvar, payshanba kuni 538 nafar muhojir ushlangan, shulardan 373 nafari – jinoiy faoliyati uchun qoʻlga olingan.

Deportatsiya qilinganlar orasida terrorizmda gumonlangan shaxs, Venesueladagi “Tren de Aragua” jinoiy guruhning toʻrt a'zosi va voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarda ayblangan bir nechta nolegal shaxs ham bor, deya ma'lum qildi prezidentning matbuot kotibi Kerolin Levitt.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida “Tren de Aragua” jinoiy guruhi Kolorado shtatidagi Aurora shahrini “urush zonasi”ga aylantirib yuborganini aytgan.

AQSh-Meksika chegarasi yaqinida, 23 yanvar 2024 yil / Foto: Gregory Bull/AP

23 yanvar kuni 80 nafar erkak AQShning Texas shtati va Meksikani bogʻlovchi koʻprik orqali Meksikaga qaytarib yuborildi. / Foto: Christian Torres/Anadolu via Getty
AQShda boʻlish uchun qonuniy asoslarga ega boʻlmagan shaxslarni hibsga olish amaliyoti Tramp inauguratsiyasining ertasiga, 21 yanvardan boshlangan. Fox News'ga koʻra, dastlabki ikki kunda 460 kishi ushlangan. Dastlabki ikkita harbiy reysda taxminan 80 nafardan migrant vataniga tashlab kelingani aytilmoqda.

Amerika harbiy samolyotlari migrantlar deportatsiyasiga jalb etilishi yaqin yillarda kuzatilmagandi.

Texas shtatidagi El Paso harbiy aerodromi / Foto: Oq uy matbuot xizmati

Texasda, Meksika bilan chegarada qurilayotgan devor / Foto: Charly Triballeau/AFP via Getty
Eslatib oʻtamiz, prezident Donald Tramp seshanba kungi inauguratsiya marosimida chegarada favqulodda holat joriy etishi va qat'iy migratsion tizim joriy etishini aytgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi tashabbus barcha noqonuniy migrantlarga taalluqli emas, faqat jinoiy oʻtmishga ega 500 ming shaxsni qamrab oladi. Bu koʻrsatkich 2013 yilda Barak Obama ma'muriyati davrida deportatsiya qilingan 430 ming kishilik rekorddan ham oshib ketadi.

CNN manbalariga koʻra, Tramp 1 milliondan 2 milliongacha hujjatsiz muhojirni imkon qadar tezroq AQShdan haydab chiqarishni istamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo