Kamerunning 91 yoshli prezidenti Pol Biya 2025 yil oktyabrga moʻljallangan prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini ilgari surishini rasman e'lon qildi. Bu haqda Cameroon online xabar berdi.
Milliy Assambleya raisi Kavae Egiy Jibrilem ma'lumotni tasdiqladi. U prezident Uzoq Shimol hududidan nomzod boʻlishini bildirdi.
Kamerun prezidenti 1982 yildan beri hokimiyat tepasida boʻlib, bu uni dunyodagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan rahbarlardan biriga aylantiradi. Agar u qayta saylansa, 2032 yilgi navbatdagi saylovlar paytida 99 yoshga toʻladi. 2022 yilda Britaniya qirolichasi Elizaveta II vafotidan keyin Biya dunyodagi eng keksa davlat rahbariga aylandi.
Kamerun konstitutsiyasida prezidentlikka nomzodlar uchun yosh chegaralari belgilanmagan, bu esa Biyaga ketma-ket sakkizinchi muddatga saylanishiga imkon beradi. Undan tashqari yana 10 kishi nomzodini qoʻyish istagini bildirgan.
Pol Biya Kamerunda koʻppartiyaviylik demokratiyasini yoʻlga qoʻygani va mamlakatning Gʻarb davlatlari bilan aloqalarini chuqurlashtirgani uchun munosib e'tirofga sazovor boʻldi. Biroq etti yillik fuqarolar urushi Kamerunning iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy ta'sir koʻrsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar