Rossiya Putinga suiqasd haqidagi xabarga qanday munosabat bildirdi?

1 daqiqa o'qish2.8K
Rossiya Putinga suiqasd haqidagi xabarga qanday munosabat bildirdi?
Rossiya maxsus xizmatlari prezident Vladimir Putinning xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kerakli choralarni koʻrmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik jurnalist Taker Karlsonning shov-shuvli bayonotiga javoban gapirgan.

«Rossiya maxsus xizmatlari jamoat xavfsizligini ta'minlash va albatta davlat qoʻriqlovidagi shaxslar, birinchi navbatda davlat rahbari daxlsizligi yoʻlida barcha kerakli choralarni koʻrmoqda», – degan D.Peskov.

Gap shundaki, amerikalik taniqli jurnalist Taker Karlson kuni kecha boshqa bir amerikalik jurnalist, siyosiy sharhlovchi Mettyu Taybbi bilan suhbatda sobiq prezident Jo Bayden ma'muriyati Putinga qarshi suiqasd uyushtirishga uringani haqida gapirgan. U Putinni oʻldirishga urinishni «aqlsizlik» deb atagan.

Ziddiyatli shaxs deb koʻriladigan Karlson ushbu iddaosini tasdiqlovchi biror dalil keltirmagan. U, shuningdek, sobiq davlat kotibi Entoni Blinken AQSh va Rossiya oʻrtasida urush chiqarishga uringanidan bahs etgan.

Amerikalik jurnalist Taker Karlson 2024 yil fevral oyida Putin bilan katta intervyu uyushtirgan edi. Putin Karlson bergan minbardan foydalanib, yana Ukraina va Gʻarbni harbiy mojaroni boshlaganlikda ayblagandi.

Putinga qarshi suiqasdga urinishlar haqida avval ham xabarlar tarqalgan. Masalan, 2022 yilda Buyuk Britaniyaning Sun nashri shu mazmunda xabar chop qilgan, ammo Kreml uni rad etgan edi.

2023 yil may oyida Ukrainaga tegishli dronlar Kremlga qadar uchib kelgani esa Putinga suiqasd va terakt deya baholangani ma'lum.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?