HAMAS 2023 yil 7 oktyabrda Naxal-Oz harbiy bazasidan garovga olingan Isroil askari Agam Bergerni ozod qildi. U 482 kun davomida asirlikda boʻlgan va endi Gʻazodagi Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi vakillariga topshirildi.
Yana bir necha asirlarning ozod qilinishi kutilmoqda. Xususan, 29 yoshli Arbel Yahud va 80 yoshli Gadi Moshe Mozes ozod qilinishi mumkin. Shuningdek, 7 oktyabrda garovga olingan besh nafar Tailand fuqarosi ham ozod etilishi ehtimoli bor. Bu jarayon Tailand hukumati va HAMAS oʻrtasidagi muzokaralar natijasi sifatida baholanmoqda.
Asirlar almashinuvi doirasida Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi, shu jumladan, 30 nafar voyaga etmagan shaxs ham qamoqdan chiqishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 25 yanvar kunigi soʻnggi mahbuslar almashinuvida HAMAS Arbel Yahudni ozod eta olmagan. Buning javoban Isroil hukumati gʻazoliklarning anklav shimoliga qaytishiga ruxsat bermaslikka qaror qilgan edi. Keyinchalik HAMAS yaqin kunlarda Arbel Yahudni ozod qilishga va'da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar