09:40 / 01.02.2025
307

Rossiya Odessaning tarixiy markaziga raketa zarbasi berdi

Rossiya Odessaning tarixiy markaziga raketa zarbasi berdi
31 yanvar, juma kuni Rossiya qoʻshinlari Odessaning tarixiy markaziga raketa hujumi uyushtirganini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tasdiqladi. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan toʻxtatilishi qiyin boʻlgan «Iskandar» tipidagi ballistik raketalardan foydalangan.

Otishma natijasida etti kishi jarohat oldi, ularning hammasining ahvoli oʻrtacha ogʻir, dedi Odessa oblasti harbiy ma'muriyati rahbari Oleg Kiper. Zelenskiy hujum markazida norvegiyalik diplomatlar boʻlganini aytdi. Ulardan biror kishi jarohat olgani yoki yoʻqligi hozircha noma'lum.

Foto: Oleksandr Gimanov/AFP
Odessaga berilgan zarbalar fonida Ukraina prezidenti mamlakat havo mudofaasini yanada kuchaytirishga chaqirdi: «Qayta va qayta: havo hujumidan mudofaa birinchi oʻrinda, biz barcha hamkorlar bilan davlatimizni yanada koʻproq himoya qilish uchun ishlayapmiz».

"Dumskaya" nashrining aniqlik kiritishicha, hujum 19-asr oxirida qurilgan Italyanskaya koʻchasidagi "Bristol" mehmonxonasi binosiga qilingan. Mehmonxona tomida yongʻin kelib chiqqan va yongʻinni oʻchirish uchun 23 kishi safarbar etilgan. Bundan tashqari, adabiy, tarixiy, oʻlkashunoslik va arxeologiya muzeylari, Gʻarb va sharq san'ati muzeyi, filarmoniya fasadlari shikastlangan.

«Bu erda betonni yorib oʻta oladigan raketa ishlatilgan», — deya "Dumskaya" Odessa OHM rahbari Oleg Kiperdan iqtibos keltiradi.

Nashrning qoʻshimcha qilishicha, Kiyev rayonida shaharni oʻqqa tutish vaqtida noma'lum shaxslar feyerverk otishgan. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Rossiya Odessaning oʻqqa tutilishi haqida hech qanday bayonot bermadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo