06:00 / 04.02.2025
345

Chexiyada qunduzlar qurish rejalashtirib kelingan toʻgʻonni ikki kunda yakunladi

Chexiyada qunduzlar qurish rejalashtirib kelingan toʻgʻonni ikki kunda yakunladi
Foto: Getty Images
Chexniyaning Brda landshaft bogʻida suv qunduzlari ikki kun ichida toʻgʻon qurib, mahalliy hukumat bir necha yil davomida rejalashtirib kelgan hududni qayta tiklash loyihasini yakunladi. Bu haqda Chexiya OAV xabar bermoqda.

Klabava daryosini qayta tiklash loyihasining qiymati 1,2 million dollarni tashkil etishi kerak edi, loyihaning oʻzi 2018 yilda boshlangan. Davlat oʻrmon xizmati Vltava suv resurslari boshqarmasi bilan birgalikda erga egalik qilish boʻyicha anchadan beri muzokaralar olib borgan, ammo qunduzlar ulardan oʻzib ketgan.

Qunduzlar tomonidan togʻteraklar yordamida qurilgan toʻgʻon hududning botqoqlanishiga xizmat qilib, 30 million kronani tejash imkonini bergan. Ammo suv qunduzlarining faoliyati ayrim joylarga salbiy ta'sir koʻrsatgan: toʻgʻon tufayli ba'zi hududlarni suv bosgan, temiyoʻlga shikast etgan.

Bu kabi holat 2023 yilda Britaniyaning Pikkering shahrida ham sodir boʻlgan. Uch yil ichida qunduzlar u erda yirik toʻgʻon qurib, shaharni suv bosishidan saqlab qolgan. Bunga qadar shahar bir necha yil davomida suv toshqinlaridan aziyat chekib kelgan va qunduzlar vaziyatga echim topishiga ishongan aholi ularni ataylab oʻrmonga koʻchirgan.

Eslatib oʻtamiz, Polshada 2010 yilda yuz bergan suv toshqinlari vaqtida mamlakat IIVning oʻsha vaqtdagi rahbari Eji Miller sodir boʻlgan holatda qunduzlarni ayblagan edi. «Toʻgʻonlarning eng katta dushmani qunduz deb ataluvchi hayvonlar. Ular Visla toʻgʻoni atrofini egallab olgan va unga katta zarar etkazadi», — degan edi u.

Hayvon himoyachilarining hisob-kitoblariga koʻra, oʻsha vaqtda respublikada 50 mingga yaqin qunduz yashagan. Suv toshqinlaridan keyin mahalliy hukumatlar ushbu hayvonlarni tutishga ajratiladigan kvotani ikki barobarga oshirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo