11:54 / 06.02.2025
35

Shvetsiyadagi oʻquv markazidagi otishma haqida yangi ma'lumotlar

Shvetsiyadagi oʻquv markazidagi otishma haqida yangi ma'lumotlar
Foto: document.no
Shvetsiya Stokholmdan taxminan 200 km gʻarbda joylashgan Erebru shahridagi Campus Risbergska kattalar ta'lim markaziga kecha sodir etilgan qurolli hujum ortidan bir kunlik motam e'lon qildi. 5 fevral, chorshanba kuni parlament va qirollik saroyi binolaridagi bayroqlar tushirib qoʻyildi.

Olti nafar jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda

Erebru politsiyasi boshligʻi Roberto Eyd Forest matbuot anjumanida gumon qilinayotgan jinoyatchi politsiya uni topgan vaqtida oʻlik holatda boʻlganini bildirdi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining xabar berishicha, hujum oqibatida 11 kishi halok boʻlgan, ularning hammasining ham shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Mintaqaviy sogʻliqni saqlash xizmati direktori Jonas Klassonning soʻzlariga koʻra, olti nafar jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda, ulardan besh nafarida hayotiga xavf tugʻdiruvchi oʻq jarohatlari bor. Hozirda bemorlarning ahvoli barqaror, ikki nafari hamon reanimatsiyada.

Jinoyatchining maqsadi noma'lumligicha qolmoqda. Tergovchilarning fikricha, u yolgʻiz harakat qilgan va hujum terrorchilik harakati emas. Hujum qilgani taxmin etilayotgan shaxs avval politsiyaga ma'lum boʻlmagan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim versiyalarni rad etishdi. Ayni damda tergovda jinoyatchi mafkuraviy sabablarga koʻra harakat qilgan deb hisoblashga asos yoʻq, deya ma'lum qilindi.

Shvetsiya rasmiylari: mamlakat tarixidagi eng qoʻrqinchli ommaviy otishma

Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson Erebrudagi hodisani «Shvetsiya tarixidagi eng qoʻrqinchli ommaviy otishma» deb atadi. Shvetsiya adliya vaziri Gunnar Stryommer vaziyatni «juda jiddiy» deya baholadi. «Ushbu voqea bizning jamiyatimizni tubdan larzaga keltirdi. Biz boshqa mamlakatlar haqidagi xabarlarni dahshat bilan oʻqigan boʻlishimiz mumkin, lekin bu Shvetsiyada hech qachon sodir boʻlmaydi deb oʻylagan narsamizdir», dedi u.

Bir kun avval oʻqituvchilari bilan atrofdagi restorandan panoh topishga muvaffaq boʻlgan oʻquv markazidagi oʻquvchilar maktabga «niqobli odam» kirib, oʻt ochgani haqida xabar bergandi.

Risbergsk markazida bir nechta, shu jumladan bolalar uchun ham ta'lim muassasalari mavjud, ammo u erda asosan 20 yoshdan oshgan odamlar oʻrta va qoʻshimcha ta'lim olishadi. Boshqa narsalar qatorida, u immigrantlar uchun shved tili kurslari va nogironlar uchun kasbiy tayyorgarlik kurslarini taklif qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo