![Ruminiya prezidenti nima uchun iste'foga chiqishga qaror qildi?](/uploads/posts/2025-02/5f4ffdeb9b_yxj0awnszxmvaw1hz2uvmjayns8ylziwmjqxmte3lwdhzi11mzktmtk1lmpwzw.webp)
Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 12 fevral kuni iste'foga chiqishini e'lon qildi, deb xabar beradi Monitorul Expres.
«Bir necha kundan keyin Ruminiya parlamenti mening chetlatilishim uchun ovoz beradi va Ruminiyada inqiroz boshlanadi… Ushbu sa'y-harakatlarning barchasi mamlakat ichida ham, afsuski, uning tashqarisida ham oqibatlarni yuzaga keltiradi. Ruminiya va mamlakat fuqarolarini inqirozdan, bu keraksiz va voqealarning salbiy tus olishidan himoya qilish maqsadida men Ruminiya prezidentligi lavozimidan iste'foga ketaman», — deydi Yoxannis.
Yoxannisning qoʻshimcha qilishicha, uning parlament tomonidan chetlatilishi Ruminiyani «butun dunyo uchun kulgiga qoldiradi».
Klaus Yoxannis 2014 yildan beri respublika rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
24 noyabr kuni Ruminiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi oʻtkazildi. Birinchi oʻrinni mustaqil nomzod Kelin Jorjesku egalladi (22,95 foiz), ikkinchi oʻrin esa oʻng markazchi partiya «Ruminiyani qutqarish ittifoqi» rahbari Eleana Laskoniga nasib etdi (19,18 foiz). Saylovlarning ikkinchi turi 8 dekabr sanasiga rejalashtirilgan edi.
Yoxannis 28 noyabr kuni mamlakat Mudofaa oliy kengashi (SRI) yigʻilishidagi maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishga rozilik bergan. SRI hisobotiga koʻra, Jorjeskuning TikTokʼdagi targʻiboti uchun Bogdan Peshir ismli ruminiyalik 381 ming dollar toʻlagan, uning saylovoldi kampaniyasiga jami 1 million yevro sarflangan. Prezidentlikka nomzodning oʻzi bir tsent ham sarflamaganini bildirgan. SRI, shuningdek, Jorjesku nomzodining ilgari surilishi ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgan boʻlishi mumkinligini istisno etmagan.
6 dekabr kuni Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi saylovlarning birinchi turi natijalarini bekor qildi. Yangi ovoz berish jarayonlari 4 may sanasiga belgilandi.
Yoxannisning mandati 21 dekabrda tugagan, ammo u yangi prezident saylangunga qadar vazifasini bajarib kelmoqda. Buning fonida «ruminiyaliklarni birlashtirish uchun ittifoq», «Ruminiyani qutqaring S.O.S» va «Yoshlar partiyasi» uning iste'fosi boʻyicha ovoz toʻplashga kirishdi. Ushbu masala parlamentning 11 fevraldagi yigʻilishida koʻrib chiqilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar